Ro'yhatdan qanday o'tiladi?
Ro‘yxatdan o‘tish va tasdiqlangan hisob qaydnomasini olish va u bilan yagona darchaning barcha xizmatlariga kirish uchun quyidagi usuldan foydalanishingiz mumkin:
- Ro‘yxatdan o‘tish sahifasini oching.
- Ism va familiyangizni kiriting.
- Akkauntga kirish uchun parol yarating va eslab qoling. Buzg‘unchilar shaxsiy ma’lumotlaringizga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun parol kuchli bo‘lishi kerak.
- Mobil telefon raqamingizni ko‘rsating. Parolni tiklash va bildirishnomalarni olish uchun ushbu raqamdan foydalanishingiz mumkin.
- Ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosing.